Добавил:
mkk-1978@mail.ru Доктор экономических наук, профессор кафедры Экономической теории национального университета Республики Узбекистан им. М.Улугбека Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
6-mavzu.pptx
Скачиваний:
2092
Добавлен:
01.01.2021
Размер:
5.18 Mб
Скачать

2. “Davlat boshqaruv organlari” tushunchasiga izoh

“Davlat Moliya Organlari - bo‘yicha rahbariyati”ning boshidayoq davlat boshqaruv organlari funksiyalariga izoh beriladi: imtiyozli bozor xizmatlarni taklif qilish yo‘li bilan davlat siyosatini olib borish va daromadlarni, asosan, boshqa sektorga solingan soliq hisobidan qayta taqsimlash.

Davlat sektori, funksiyalari ushbu izohga mos keluvchi tuzilmaviy birliklarni o‘z ichiga oladi. Davlat boshqaruv sektorlari quyidagilardan iborat:

1.huquqiy jihatdan butun davlat hududida kuchga ega bo‘lgan markaziy hukumat;

2.davlat hududining bir bo‘lagida markaziy hukumatga bog‘liq bo‘lmagan holda vakolatga ega bo‘lgan shtatlar, viloyatlar, xududlar hokimiyati;

3.turli kichik ma’muriy birliklar hududida mustaqil vakolatga ega bo‘lgan mahalliy boshqaruv organi;

4.faqat davlat hududida soliqqa tortish va davlat xarajatlari sohasidagi ba’zi funksiyalarni bajaruvchi har qanday milliy boshqarmalar.

3. Davlat boshqaruv organlarining operatsiyalar hisobi

Kassa tamoyili. Davlat Moliya statistikasi ma’lumotlarini to‘plash bo‘yicha Xalqaro Valyuta Fondi (XVF)ning normalari tomonidan davlat operatsiyalarini qayd qilishda kassa tamoyili: tushumlar va to‘lovlar to‘lov amalga oshirilayotgan paytda qayd qilish kerakligi uchun qo‘llaniladi.

Agar qilingan haridorlar yoki olingan daromad qarz majburiyatlari harakteriga ega bo‘lsa, operatsiyalarning turli qismlari turli bitimlar sifatida ko‘rsatiladi.

Konsolidatsiya. Davlat moliya statistikasi ma’lumotlari tayyorlashda davlat sektori ichidagi birliklararo operatsiyalarni va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan umumiy kategoriyalar qatorida barcha operatsiyalarni birlashtirish maqsadga muvofiqdir. Asosiy e’tibor, markaziy hokimiyat operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plashga qaratiladi, qaysiki ular hisobot davri tugashi bilan davlat boshqaruv sektorining boshqa subsektorlari operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlarga ko‘ra etib keladi, shuningdek, ular katta chastotaga ega bo‘lib, batafsil yoritilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, markaziy hokimiyat o‘zining mohiyati bo‘yicha boshqa subsektorlardan ustun turuvchi, soliq-byudjet nuqtai nazaridan

4. Davlat boshqaruv organlari operatsiyalarining tavsiflanishi

Ushbu bo‘limda DBO operatsiyalarini tasniflashning nazariy asoslari statistik tizimning asosiy kategoriyalari bo‘yicha yoritilgan: daromadlar, olingan transfertlar, xarajatlar, sof kreditlash, minus qarzlar to‘lovi va moliyalashtirish.

a) Asosiy chegaralanishlar

To‘lov va bir yoqli operatsiyalar. To‘lov operatsiyalari o‘z ichiga tovar, xizmatlar to‘lovi, mulkdan foydalanish yoki unga nisbatan egalik huquqning qo‘lga kiritish, shuningdek, amaliy xizmatlar to‘lovini oladi. Bir yoqli operatsiyalar – masalan, soliq daromadi u yoki bu shakldagi bevosita to‘lovsiz to‘lov va tushumlarni o‘z ichiga oladi.

Joriy va kapital. Kapital tovarlar deb ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan va kelajakdagi daromadlar va joriy iqtisodiy farovonlikka ta’sir ko‘rsatuvchi, 1 yildan ortiq xizmat muddatiga ega bo‘lgan tovarlarga aytiladi.

Moliyaviy aktivlar va passivlar. Bunday chegaralash fiskal hisoblardagi aktiv va passivlar assimetriyasi sababli zarur. Garchi, davlat zayomlari davlat moliyaviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lsa-da, bazi davlat kreditlari, odatda, likvidlikni boshqarish uchun emas, balki siyosiy maqsadlarga erishish uchun ishlatiladi. Ba’zan DBOlarida moliyaviy aktivlarni likvidlikni boshqarishda ishlatiladi, masalan, “qarzlar to‘lash fondlari” (maxsus zahiralar) va ijtimoiy ta’minotning ba’zi tizimlarida ishlatilmoqda.

b) Daromadlar

Daromadlar o‘z ichiga barcha qaytmas tushumlar, shuningdek, tovar va xizmatlar to‘lovi va bir yoqli tushumlarni oladi, boshqa davlat va xalqaro tashkilotlardan olingan transfertlar bundan mustasnodir.

v) Olingan transfertlar

Olingan transfertlar bir yoqli, qaytarilmas, DBO va xalqaro tashkilotlardan nomajburiy tushumlar sifatida izohlanadi.

g) Davlat xarajatlari va kreditlarning bashorati

Endogen omillar davlat xarajatlari, yirik iqtisodiy darajalari kattaligini aniqlovchi hisoblanadi.

5.Davlat daromadlari va transfertlarning tahlili

a)Soliq tushumlari

Soliq turlarini rejalashtirishda soliq bazalari va soliq o‘rtasidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olish kerak.

Soliq bazasi bu, soliq solinadigan o‘lchamdir.

Soliq bazasi turlariga daromadlar, ish haqi va import hajmi kiradi. Soliq turlari – soliq solinadigan bazaga bog‘liq ravishda bo‘ladi. Har qaysi soliqlar belgilangan tartibda soliq bozoriga mos ravishda bo‘lishi shart. Ammo soliq hujjatlarining asosida soliq qonunlari turadi, soliq bazasini aniqlash murakkab. Soliq stavkalari strukturasida har xil elementlar uchun soliq ayrim hollarda qonun asosida ozod qilish.

Defitsitni umumiy miqdorini ijobiy saldoning (daromaddan olingan transfertlar) – (harya xarajatlardan qarzni to‘lash uchun ushlab qolinadigan kreditlar). Bu moddalar “chiziq ustida”, qolgan moddalar “chiziq ostida” joylashgan, “mablag‘ ajratish” deb ataladi. Buni quyidagicha yozish ham mumkin: defitsitning umumiy miqdori ijobiy saldoning mablag‘ ajratishning (zayomlari – amortizatsiya) – (naqd pullarning toza ko‘payishi).

Davlat boshqaruv idoralarining mablag‘ ajratishi ichki mablag‘ ajratishga bo‘linadi. Ular rezidentlardan tushadi. Tashqi mablag‘ ajratishi rezident emaslardan olinadi. Keyinchalik bu kategoriyalar qarz oluvchi majburiy turi qarzli vositalar turi bo‘yicha klassifikatsiyalanadi.

Iqtisodiy va moliyaviy tahlilda, qarz oluvchilar majburiyatlari tasnifi turi ma’qul, chunki bunda qarz oluvchilar majburiyatlari talab guruhga birlashgan iqtisodiy harakterga ega.

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT